Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Senati Baydenning reytingini ko‘taradigan qonun loyihasini ma’qulladi
15:34 / 2022-08-08

AQSH Senatidagi demokratlar yakshanba kuni iqlim, sog‘liqni saqlash va soliq bo‘yicha qonun loyihasini ma’qulladi va oraliq saylovlar oldidan Jo Baydenning yirik g‘alabasini ta’minladi, deb yozmoqda USA Today.

Senat iflyatsiyani pasaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Ushbu qonun loyihasi ekologik toza energiya ishlab chiqarish, retsept bo‘yicha beriladigan dori-darmonlar narxini tushirish chora-tadbirlari va yirik korporatsiyalar ham daromad solig‘ini to‘lashi uchun soliqlarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha tashabbuslar uchun rekord darajada mablag‘ sarflashni nazarda tutadi. 

Masalan, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun qonun loyihasi 10 milliard dollar miqdoridagi soliq imtiyozlarini ko‘zda tutmoqda. Bu pullar elektromobillar, quyosh panellari va shamol turbinalari ishlab chiqarishga sarflanadi. Eektromobil xarid qiluvchilarga 7,5 ming dollar miqdorida soliq yengilligi beriladi.  9 milliard dollar kam daromadli amerikaliklarning uylarini samarali modernizatsiyalash uchun ajratiladi. 

Elektromobillar ishlab chiqarayotgan zavodlarni qo‘llab-quvvatlashga ajratiladigan  kredit hajmi 20 milliard dollarni tashkil etmoqda.  20 milliard dollar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun yordam sifatida fermerlarga beriladi. Shahar va shtatlarga kommunal xizmatlarni  ekologik toza elektrga o‘tkazish uchun 30 milliard dollar ajratiladi.   

AQSHda tibbiyot sug‘urtasi milliy dasturi bo‘yicha qonun loyihasi retsept bo‘yicha sotiladigan dori-darmonlarning narxi bo‘yicha kelishish imkonini beradi. Mazkur chora-tadbirlarga mablag‘ jalb qilish uchun qonun loyihasi  bo‘yicha 15 foizlik korporativ soliq belgilanadi. Natijada qonun loyihasi yuqorida keltirib o‘tilgan choralarga  taxminan 739 milliard dollar soliq tushumlarini jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kongressning Byudjet boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra,  qonun federal byudjetidagi tanqislikni kelgusi o‘n yil davomida 102 milliard dollarga qisqartiradi.   

Endi qonun loyihasi ovoz berish uchun demokratlar tomonidan nazorat qilinayotgan Vakillar palatasiga jo‘natiladi va juma  kuni qabul qilinishi kutilmoqda.