Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH saylovlariga aralashish niyatida boʻlgan rossiyaliklarga nisbatan sanksiyalar joriy qilinadi
11:20 / 2020-09-04

Rossiyaga qarshi zudlik bilan sanksiyalar qoʻllash lozim.


Rossiyaga qarshi zudlik bilan sanksiyalar qoʻllash lozim. 

Bir guruh demokrat senatorlar AQSH moliya vaziri Stiven Mnuchinga shunday talab bilan chiqdi.

“2020-yilgi AQSHda oʻtkaziluvchi saylovlarga aralashish niyatida boʻlgan rossiyalik bir guruh jismoniy shaxslar, hukumat aʼzolari va kompaniyalarga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar joriy qilinishini talab qilamiz”, deyiladi ularning vazirga yoʻllagan maktubida.

Unda, shuningdek, AQSH razvedka xizmatining tegishli xulosalari ham berilgan. Maktubga ilova qilingan maxfiy maʼlumot oshkor qilinmagan, deyiladi “rosbalt.ru” xabarida.

Eslatib oʻtamiz, AQSHdagi prezidentlik saylovlari 3-noyabrda boʻlib oʻtadi. 

Prezidentlik uchun respublikachilardan Donald Tramp hamda demokratlardan Jo Bayden kurash olib boradi.