Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH savdo vaziri Hindiston bilan kelishmovchilikni hal qilish shartini qo‘ydi
12:31 / 2025-09-15

Hindiston bilan savdo kelishmovchiligini hal qilishga tayyormiz, faqat Dehli Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatgandan keyingina, dedi AQSH savdo vaziri Xovard Lutnik.

- Hindiston o‘z bozorini ochib, RF nefti xaridini bekor qilishi kerak, - dedi u CNBC telekanaliga bergan intervyusida. - Ukraina bilan mojarodan oldin importning atigi 1 foizi Rossiya hisobiga to‘g‘ri kelgan, hozir bu ko‘rsatkich 40 foizga ko‘tarilgan. Ya’ni, hozir 7-10 dollarga tushgan arzon mahsulot tozalanib, dunyoga qayta sotilmoqda. Prezident buni qabul qilib bo‘lmas holat, deb atadi.

AQSH boshqa davlatlar bilan ham muzokara olib boryapti. Masalan, Tayvan bilan yirik qiymatga ega shartnoma tuzilishi kutilyapti. Ehtimol, Shveysariya bilan ham kelishuvga erisharmiz - ko‘ramiz, ular vaziyatdan qanday chiqishadi. Janubiy Koreya bilan ish allaqachon bitgan, faqat yakuniy hujjatlarni kutyapmiz. Yaponiya o‘z majburiyatini bajardi, endi navbat Hindistonga.

Darvoqe, Donald Tramp Hindiston savdo vazirini Vashingtonga taklif qilgani haqida ham xabar tarqaldi.

- Amerika Prezidenti Hindiston savdo vaziri Piyush Goyalni kelgusi hafta ikki tomonlama kelishuvni muhokama qilish uchun Vashingtonga taklif qildi, - degan AQSHning Nyu-Dehlidagi elchisi lavozimiga nomzod Serjio Gor.

S.Rahimov, O‘zA