Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Rossiyaning yirik nashrlariga sanksiya kiritdi
11:53 / 2024-09-05

AQSH Moliya vazirligi Rossiyaning yirik tashviqotchi nashrlariga qarshi sanksiya e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatda “Rossiya Segodnya”, “RIA Novosti”, “Russia Today”, “Sputnik”, “Ruptly” media guruhlari bor.

– Kreml Amerika Qo‘shma Shtatlari va mamlakatning butun dunyo bo‘ylab ittifoqchilari, hamkorlari milliy xavfsizligi, tashqi siyosiy manfaatiga putur yetkazishga intiladi, – deyilgan rasmiy xabarda. – Bu yo‘lda yashirin xorijiy zararli ta’sir kampaniyasi va noqonuniy kiber faoliyat yurituvchi qator vositalardan foydalanadi.

Sanksiyaga tushganlar orasida RT bosh muharriri Margarita Simonyan, uning o‘rinbosarlari Yelizaveta Brodskaya va Anton Anisimov, ushb media tuzilmaning ingliz tilida yangilik uzatish xizmati direktori o‘rinbosari Andrey Kiyashko, raqamli media loyihasi menejeri Konstantin Kalashnikov va boshqalar qayd etilgan.

Shuningdek, AQSH bosh prokurori Merrik Garland Adliya vazirligi RT telekanali ikki nafar xodimini 10 million dollar mablag‘ bilan bog‘liq firibgarlikda ayblaganini oshkor qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayblanuvchilar Amerika auditoriyasi orasida “Rossiya hukumatining yashirin xabarlari ifodalangan” kontentni yaratish va tarqatish bilan shug‘ullanadi.

Garland ta’kidlashicha, RT xodimlari, jumladan ayblanuvchilar Konstantin Kalashnikov va Yelena Afanasevaga internet orqali turli shaxslar bilan muloqot qilib, “ijtimoiy tarmoqda rossiyaparast tashviqot va dezinformatsiya tarqatish uchun 10 million dollar atrofida pul bergan.