Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Rossiyaning yevropalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish qarorini qoraladi
14:10 / 2021-02-06

“Rossiyaning uch nafar yevropalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha qarorini oqlab bo‘lmaydi, bu xalqaro majburiyatlarga ham xilof hisoblanadi”, dedi AQSH davlat departamenti rahbari Entoni Blinken.

Uningcha, Rossiyaning mazkur qarori asosga ega emas.

“Bu Rossiya tomonining o‘z xalqaro majburiyatlariga xilof tutgan navbatdagi qadami”, deb yozadi Blinken tvitterda.

“Eslatib o‘tamiz, Rossiya tashqi ishlar vazirligi juma kuni Shvetsiya, Polsha va Germaniyalik diplomatlarni noqonuniy namoyishlarda ishtirok etgani uchun mamlakatdan chiqarilishi bo‘yicha ma’lumot bergandi”, deyiladi “Interfaks” xabarida.