Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Rossiyaga qarshi Jekson-Venik tuzatishini tiklamoqchi
18:43 / 2025-09-11

AQSH Kongressiga Rossiya bilan har qanday savdo-sotiqni to‘xtatish nazarda tutilgan tegishli qonun loyihasi kiritildi.

— Polshaga uyushtirilgan hujumdan so‘ng Rossiyaga nisbatan “Jekson-Venik” tuzatmasini tiklashga qaratilgan qonun loyihasi taqdim etildi, — deb yozgan maxsus vakil Jon Uilson ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. — Shaxsan men shunday imkoniyat paydo bo‘lganidan mamnunman. Ayni hujjat RF bilan savdo-sotiq jarayonini to‘xtatib turadi. Prezidentlar Obama va Jon Kerri Rossiya bilan munosabatni tiklab, taqiq tartibini nohaq bekor qilishgan.

1974 yil Kongress tomonidan ma’qullangan va Prezident Jerald Ford tomonidan imzolangan “Jekson-Venik” tuzatishi sovet davlatiga qarshi savdo cheklovi joriy qilishga qaratilgan. Sobiq Ittifoq parchalangach, bu tartib so‘zda to‘xtatildi, lekin amalda qo‘llanishda davom etdi. Qariyb yarim asr o‘tib, ushbu tuzatish o‘sha davrdagi Prezident Barak Obama tomonidan bekor qilingan.

S.Rahimov, O‘zA