Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Rossiyadan himoyalanish uchun Germaniyaga raketa joylashtirmoqchi
21:20 / 2024-07-11

NATO rahbarlari kelayotgan yil Rossiyaga qarshi mudofaani kuchaytirish uchun Ukrainaga kamida 43 milliard dollarlik harbiy yordam berish va rasmiy Kiyevni G‘arb harbiy ittifoqiga qabul qilinishi jarayonini aniq bir yo‘lga solishga va’da berdi.

Alyans sammitida ittfoqchilar Ukraina va Yevropa xavfsizligi uchun jiddiy qadamlar tashlashga kelishib oldi. Jumladan, AQSH 2026 yil Germaniyaga uzoq masofaga uchadigan raketalar joylashtirishini bildirdi. Ittifoqchilar fikricha, Rossiyaning Yevropaga tahdidi kuchayib borayotganiga qarshi qaratilgan bu chora “sovuq urush” davridan buyon ko‘hna qit’aga Qo‘shma Shtatlar tomonidan yuborilayotgan eng kuchli qurol jamlanmasidir. 1987 yil AQSH va Sovet Ittifoqi tomonidan imzolangan o‘rta va uzoq masofaga mo‘ljallangan yadroviy qurollar to‘g‘risidagi shartnoma ushbu jarayonni taqiqlagan bo‘lardi. Afsuski, 2019 yil ayni kelishuv bekor qilingan.

Ukraina kelajagi NATO bilanmi?

“Al Jazeera”ning Vashingtondagi jurnalisti xabar berishicha, NATO Zelenskiy so‘raganidan ham ko‘p narsa bergan. Tashkilot Ukrainaga G‘-16 qurolidan tashqari, yana o‘nlab havo mudofaasi tizimi ajratishga va’da bergan.

– AQSH Ukrainaga to‘rtta Patriot raketa majmuasi berishga rozi bo‘ldi, –  dedi nashr jurnalisti. – Boshqa a’zolar esa ushbu tizimni texnik xizmat va ta’mir bilan ta’minlaydi. Shunday qilib Ukraina Prezidenti so‘raganlarining ko‘p qismiga ega bo‘ldi. Faqat NATOga a’zolikdan tashqari. Qo‘shimcha qilinishicha, Kiyev Yevro-Atlantika integratsiyasi, jumladan NATOga a’zolik yo‘lida ham qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlangan. Bosh kotib Yens Stoltenberg Ukraina alyans safiga tez orada qo‘shilmasligini aytib, Rossiya hujumidan Ukrainani kelajakda himoya qilish harakati hozirgi urush tugagandan so‘ng amalga oshirilishini bildirgan. AQSH va yana ba’zi davlatlar a’zolikka qabul qilish Moskva bilan urush davrida mojaro kengayib ketishiga olib kelishidan qo‘rqib, ushbu jarayonga qarshi chiqqan.

Shuningdek, ular Ukraina korrupsiyaga qarshi kurashishi va boshqa tizimli islohotlarni amalga oshirishi kerakligini ta’kidlagan.

NATO bayonotiga ko‘ra, Xitoy Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarida hal qiluvchi omil bo‘lib, Yevro-Atlantika xavfsizligiga tizimli ravishda tahdid keltirib chiqarmoqda. Stoltenberg ham Xitoy ta’sirini tan olgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, NATO sanksiya qo‘yadigan tashkilot emas, bu qarorlar muayyan ittifoqchilarga qaratilgan.

S.Poyonov,

O‘zA