English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Rossiyada yaratilayotgan vaksinasining muvaffaqiyatiga shubha bildirdi
11:50 / 2020-08-04

Hozirda AQSHda vaksina yaratish boʻyicha bir yoʻla bir nechta kompaniya shugʻullanmoqda.


Rossiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda ham koronavirusga qarshi vaksina yaratilmoqda, lekin bu borada ular AQSHdan ilgarilab keta olmaydi, dedi AQSHning bosh infeksionisti Entoni Fauchi.

“Biz juda ildam harakat qilyapmiz, shu bois boshqa mamlakatda biznikidan ham oldinroq vaksina yaratiladi, deb oʻylamayman, chunki agar shunday boʻlsa, vaksina yaratishda biz boshqa mamlakatga bogʻliq boʻlib qolamiz”, - dedi Fauchi kongressda soʻzga chiqib.

“Xitoyliklar va ruslar vaksinani bemorga qoʻllash oldidan haqiqatan ham sinab koʻrayotganiga umid qilamiz. Chunki sinab koʻrmasdan avval vaksina mavjudligi, uning qoʻllashga tayyorligi haqida gapirish oʻylashimcha muammoli masala”, –dedi mutaxassis. U “vaksina joriy yilning soʻnggida, 2021-yilning boshlarida paydo boʻlishiga ham unchalik ishonchi komil emasligini taʼkidladi”.

Hozirda AQSHda vaksina yaratish boʻyicha bir yoʻla bir nechta kompaniya shugʻullanmoqda. Ulardan biri allaqachon vaksina sinovining uchinchi bosqichida turibdi. Fauchining hisobotida aytilishicha, klinik sinovga 30 ming kishi jalb qilingan. Yana 250 ming kishi yangi vaksina sinovida ishtirok etishga ariza bergan.

Bundan avval Rossiyada ham koronavirusga qarshi ikkita vaksina yaratilayotgani haqda xabar qilingandi. Ushbu vaksinalarning biri avgustda davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, sentyabrda ishlab chiqarilishi eʼlon qilindi, ikkinchisi esa sentyabrda roʻyxatga olinadi va oktyabr oyida ishlab chiqarilishi aytilmoqda.