Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Rossiya va Xitoy bilan teng sharoitda yadroviy sinovga qaytmoqchi
14:00 / 2026-02-18

Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya va Xitoy bilan teng sharoitda yadroviy sinovlarga qaytadi, ammo “atmosferada megatonna toifasida portlashlarni amalga oshirmaydi”. Bu haqda Davlat kotibining Qurolni nazorat qilish va tarqatmaslik masalasi bo‘yicha yordamchisi Kristofer Ya ma’lum qildi.

Shuningdek, mulozim Xitoy so‘nggi yillarda yadroviy sinovlar, jumladan “yuzlab tonna quvvatga ega portlashlar amalga oshirishga tayyorgarlik” ko‘rganini ta’kidladi:

- Xitoy seysmik monitoring samaradorligini pasaytirish va o‘z faoliyatini dunyodan yashirish uchun aloqani uzishdan foydalangan. Binobarin, AQSH bunga alohida e’tibor qaratmoqda va biz bilamizki, Pekin 2020-yil 22-iyunda shunday sinovlardan birini o‘tkazdi. Prezident Tramp hali keng ko‘lamli yadroviy qurol sinovini qaytadan boshlash bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilgani yo‘q. Baribir, AQSH Rossiya va Xitoy bilan yadroviy sinov va tegishli tekshirish mexanizmi bo‘yicha o‘zaro anglashuvga erishish imkoniyatini istisno qilmaydi. Biz Jenevada rossiyalik va xitoylik hamkasblar bilan strategik barqarorlik masalasini muhokama qilish uchun samarali uchrashuvlar o‘tkazilishini intiqlik bilan kutyapmiz.

Shuningdek, Ya AQSH ma’muriyati Xitoyni AQSH va Rossiya o‘rtasidagi yangi yadroviy qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi bitimga kiritilishiga sodiqligini ham tasdiqlagan.

S.Rahimov, O‘zA