Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Rossiya bilan Xitoyni yadro texnologiyalari bozoridan siqib chiqarmoqchi
16:38 / 2020-04-24

Jumladan, AQSH energetika vazirligi Moskva va Pekinning ushbu sohada “qator Sharqiy Yevropa va Afrika davlatlari” bilan mustahkam aloqa oʻrnatishiga halaqit berish kerak“.


AQSH Rossiya va Xitoyni yadroviy texnologiyalar bozoridan siqib chiqarish va ushbu sohada jahon lideriga aylanishi lozim, deyiladi Amerika Qoʻshma Shtatlari energetika vazirligining oʻz sayti orqali oshkor qilgan strategiyasida.

“AQSH hukumati Rossiya va Xitoy davlat kompaniyalari egallab turgan bozorga chiqishi hamda jahon yadroviy energetika sohasida eng zoʻr texnologiyalarni eksport qiluvchi birinchi davlatga aylanishi kerak, qolaversa, yadro qurollarini tarqatmaslik borasida qatʼiy standartlarni joriy qilishi zarur“, — deyiladi kuni kecha prezident Donald Trampga koʻrib chiqish uchun kiritilgan hujjatda.

Jumladan, AQSH energetika vazirligi Moskva va Pekinning ushbu sohada “qator Sharqiy Yevropa va Afrika davlatlari” bilan mustahkam aloqa oʻrnatishiga halaqit berish kerak“.

Bundan tashqari, strategiya mualliflarining fikricha, AQSH yadroviy muvofiqlashtirish Komissiyasiga “Rossiya bilan Xitoyda ishlab chiqarilgan yadro yoqilgʻisini import qilishni rad eta olish vakolati berilishi kerak”. Xabarda aytilishicha, bu milliy xavfsizlikni taʼminlash uchun juda muhimdir.

Ayrim xabarlarda aytilishicha, hozirda, masalan, “Rosatom“ 2019-yil yakunlariga koʻra, kelgusi oʻn yilga yetadigan buyurtmalarga ega boʻlib, ularning qiymati 133-135 milliard dollarga baholanadi.

“Rosatom“ning xorijiy davlatlardan buyurtmalari portfeli tarkibida nafaqat atom energobloklarini bunyod etish boʻyicha shartnomalar mavjud, balki tinch atomning boshqa yoʻnalishlaridagi shartnomalar ham anchagina. Hozirda ushbu portfelda dunyoning turli mamlakatlarida hayotga joriy etilayotgan 36 ta AES energoblok qurilishi loyihasi turibdi.