AQSH qurolli kuchlari qoʻmondoni: Afgʻonistondagi urushda hech kim gʻalaba qozona olmaydi
Afgʻonistondagi NATO va AQSH qurolli kuchlari qoʻmondoni Ostin Skott Miller mamlakatdagi ikki tomonlama ziddiyat haqida oʻz fikrlarini bayon qildi.
Afgʻonistondagi NATO va AQSH qurolli kuchlari qoʻmondoni Ostin Skott Miller mamlakatdagi ziddiyatda ikki tomon ham oxirigacha kurashi mumkinligi, lekin hech biri gʻolib chiqmasligini aytdi.
“Tolo News” nashri xabariga koʻra, generalning bu bayonoti mahalliy telekanallardan birining efirida berilgan. Miller taʼkidicha, xalqaro koalitsiya kuchlari bu yerda siyosiy vaziyat barqarorlashmagunicha Afgʻonistonda boʻladi.
AQSHning Afgʻonistondagi elchisi Jon Bass generalning fikrlariga qoʻshilib, hozir bu mamlakatda tinchlik oʻrnatilishi uchun qulay vaziyat ekanini taʼkidladi.