French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Qozog‘istondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi
09:08 / 2022-10-25

AQSH ma’muriyati Qozog‘iston bilan munosabatlarini rivojlantirishga qat’iy qaror qiladi, uning islohotlarini amalga oshirishini qo‘llab-quvvatlaydi va mamlakatni muhim iqtisodiy hamkor, deb biladi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning Qozog‘istonda Respublika kuni munosabati bilan e’lon qilingan bayonotida aytiladi.

“Qo‘shma Shtatlar Qozog‘iston suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi tarafdori va biz yaqin yillarda munosabatlarimizni yanada mustahkamlashga intilamiz”, dedi Tashqi siyosat departamenti rahbari.

“Biz birgalikda umumiy ustuvorliklarimiz: mintaqada va undan tashqarida tinchlik, farovonlik va barqarorlikni ilgari surishda davom etamiz”, dedi u.

Shunindek, Blinken, Qozog‘istonni “iqtisod va savdodagi qimmatli hamkor”, deb atadi.

 

O‘zA