Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonda bo‘lishi xatomidi?
14:52 / 2022-08-30

Amerikaliklarning qariyb 50 foizi 2001 yil oktyabr oyida AQSH Qo‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishi xato bo‘lganiga amin. “Gallup” ijtimoiy xizmati tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari shundan dalolat.

Tadqiqotga ko‘ra, respondentlarning 46 foizi qarama-qarshi nuqtai nazarga ega. 2002 yil yanvar oyida Qo‘shma Shtatlarning ayni harakati rekord darajada (93%) qo‘llab-quvvatlangani qayd etilgan. Keyin ko‘rsatkich asta-sekin pasaya boshlagan.

Demokratik partiya tarafdorlarining 58 foizi AQSH qo‘shini Afg‘onistonga kirishini xato hisoblaydi. Respublikachilar elektoratining 37 foizi ham shunday fikrda.
1-23 avgust kunlari o‘tkazilgan so‘rovda 1006 nafar katta yoshli amerikalik ishtirok etdi. Xatoning taxminiy darajasi 4 foiz bo‘lishi mumkin.

2001 yil 11 sentyabrda Nyu-York va Vashingtonda uyushtirilgan terrorchilik hujumidan keyin “Al-Qoida” tashkilotiga qarshi xalqaro koalitsiya – NATOga a’zo 28 davlat va 22 hamkor mamlakat kurash olib borgan.

Prezident Jo Bayden 2021 yil 14 aprelda tegishli qaror qabul qilgach, may oyida Afg‘onistondan qo‘shinni olib chiqish boshlanadi. Alyansning hamkor qo‘shinlari 20 avgustda, amerikaliklar 30 avgustda Kobuldan to‘liq chiqib ketdi.