Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish reja bo‘yicha bormoqda
10:51 / 2021-05-07

Pentagon rahbari Lloyd Ostin shu haqda ma’lum qildi.

"Hozirgacha qo‘shinlarni Afg‘onistondan olib chiqish reja bo‘yicha kechmoqda", — dedi u Pentagonda uyushtirilgan brifingda.  

AQSH va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari Afg‘oniston hududiga 2001 yilda qo‘shin kiritgan edi. Ushbu harbiy harakat 2001 yil 11 sentyabrda Nyu-York shahrida uyushtirilgan terrorchilik aktiga javob tariqasida amalga oshirildi.

2020 yilda AQSH bilan “Tolibon” harakati o‘rtasida 18 yil davomida ilk bor bitim imzolandi. Ushbu hujjatga ko‘ra, xorijiy qo‘shinlar shu yil may oyidan boshlab Afg‘onistonni tark etishni boshlashi kerak. Ayni paytda Afg‘onistonda NATO va unga sherik davlatlarning 10 mingga yaqin harbiylari xizmat qilmoqda, ular orasida amerikalik 2,5 ming harbiy xizmatchilar ham bor. Xorijiy kuchlarning asosiy vazifasi Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarini o‘qitish va tayyorlashdan iborat.