Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Qatarning “sovg‘a”sini qabul qildi
18:38 / 2025-05-22

Ko‘plab tanqidlar va muhokamalarga qaramay, Qo‘shma Shtatlar Qatardan “Air Force One” floti uchun mo‘ljallangan samolyotni qabul qilib oldi, deb yozmoqda “BBC” nashri.

– Mudofaa vaziri barcha federal qoidalarga muvofiq, Qatardan “Boeing-747” uchog‘ini qabul qilib oldi, – dedi Pentagon bosh matbuot kotibi Shon Parnel.

Mazkur samolyot rasmiy havo transporti sifatida foydalanishdan oldin biroz o‘zgartirilishi kerakligi aytilmoqda. Qo‘shimcha xavfsizlik tizimlari va yangilanishlar, jumladan, yadroviy portlashdan kelib chiqadigan elektromagnit impulsiga bardosh berish va parvoz o‘rtasida yoqilg‘i quyish qobiliyatiga ega bo‘lish uchun bir necha yillar kerak bo‘lishi mumkin.

Qirollik oilasining 400 million dollarlik sovg‘asi qonuniy ekanligi ta’kidlanmoqda. Oq uyning ma’lum qilishicha, yangi samolyot Trampning vakolat muddati tugagach, uning prezidentlik kutubxonasiga topshiriladi.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH Konstitutsiyasida Kongress ruxsatisiz xorijiy hukumatlarning davlat amaldorlariga sovg‘a-salomlar berishini taqiqlovchi "Emolumments Clause" deb nomlanuvchi qoida mavjud. 

Trampning aytishicha, samolyotning olinishi qonuniy, chunki u shaxsan unga emas, AQSH mudofaa vazirligiga berilgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA