Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Pxenyan bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyor
13:03 / 2022-01-31

AQSH Shimoliy Koreya bilan hech qanday shartlarsiz muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyor, shu bilan bir qatorda, mintaqada o‘zini va ittifoqchilarini himoya qilish uchun o‘zining harbiy qudratini oshirib borishda davom etadi, deb bayonot berdi Pentagonning rasmiy vakili Jon Kirbi.

«Biz Koreya yarimorolida ittifoqchilarimiz kuchli ekaniga ishonch hosil qilishimiz kerak. Biz hali ham Koreya yarimorolini yadro qurolidan holi qilish hamda Pxenyan bilan muzokaralar o‘tkazish tarafdorimiz. Biz Pxenyan bilan hech qanday shartlarsiz muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyormiz», - dedi Kirbi Fox News telekanali efirida chiqish qilib.

Shu bilan birga, AQSH mudofaa vazirligi vakilining qo‘shimcha qilishicha, «Vashington diplomatik sa’y-harakatlarni olib borish bilan bir qatorda, mintaqada KXDR tomonidan raketa tahdidlariga qarshi o‘zining to‘liq tayyorgarligini ta’minlashga ham intiladi».

Janubiy Koreya harbiylarining ma’lum qilishicha, kuni kecha KXDR o‘zining Chagando provinsiyasidan Yapon dengiziga qarata ballistik raketasini uchirgan. Raketa parvozining uzoqligi 800 kilometrni tashkil etgan.

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning ta’kidlashicha, ushbu raketa parvozidan quyidagi xulosaga kelish mumkinki, Pxenyan qit’alararo ballistik raketalar uchirishga qo‘yilgan moratoriyni bekor qilishga yaqin turibdi . Bundan tashqari, shimolliklar 2017 yildan buyon o‘z ixtiyori bilan to‘xtatib turgan yadro quroli sinovini ham qayta boshlashi mumkin.