AQSH prezidenti Jo Baydenning reytingi pasayishda davom etmoqda
AQSH prezidenti Jo Baydenning prezidentlikka kirishganidan keyin 100 kun o‘tib, uning reytingi pasayishda davom etmoqda.
Bu borada u, hatto, o‘zidan oldingi prezident Donald Trampga tegishli antirekordni deyarli takrorladi. Bu haqda “The Hill” “The Washington Post” va “ABC News” tadqiqotlari natijasiga asoslanib xabar bergan.
Aniqlik kiritilishicha, so‘rovda ishtirok etgan amerikaliklarning 52 foizi bu vaqtda Bayden qabul qilgan qarorlarni ma’qullashini aytgan. 42 foizi esa uning faoliyatidan noroziligini ma’lum qilgan.
“The Washington Post”ning ko‘rsatishicha, prezidentlikning dastlabki yuz kunidagi eng past reytingda hali hech kim Donald Trampning ko‘rsatkichlariga yetgani yo‘q.