Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH prezidenti Jo Bayden Yevropadan qaytganidan so‘ng Zelenskiyni Vashingtonda kutishini ma’lum qildi
12:02 / 2021-06-08

AQSH prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi va uni Vashingtonga taklif qildi.

Bu haqda Oq uy rahbarining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lumot bergan.  

Uning so‘zlariga qaraganda, Bayden ukrainalik hamkasbi bilan suhbatda Ukraina mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini bayon qilgan.  

“U, shuningdek, Yevropadan qaytganidan so‘ng Zelenskiyni Vashingtonda kutishini ma’lum qildi”, dedi Sallivan.  

Uningcha, AQSH prezidenti telefon orqali muloqotda Kiyevning havfsizligi uchun maksimal kafolat berilishini ta’kidlagan.