Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH prezidenti Isroilni G‘azodagi tinch aholi himoyasini ta’minlashga chaqirdi
16:25 / 2021-05-18

AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqotda G‘azodagi tinch aholining qurbon bo‘lmasligi uchun barcha imkoniyatni ishga solish lozimligini aytdi, deyiladi “INTERFAX.RU” xabarida.

Oq uy matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, prezident Isroilni mudofaa huquqini qo‘llab-quvvatlab, G‘azodagi tinch aholi himoyasi ta’minlanishiga chaqirgan.

Ikki davlat rahbarlari isroil-falastin ziddiyatiga doir harbiy amaliyotlarni muhokama qilgan.  

Bundan tashqari, xabarga ko‘ra, Bayden tomonlarning yarashuvi tarafdori ekanini ma’lum qilgan.