Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH prezidenti: “Hech qaysi davlat harbiy qudrat borasida AQSHdan o‘zib ketolmaydi”
11:58 / 2021-10-22

“Hech qaysi davlat, jumladan Rossiya va Xitoy ham harbiy qudrat borasida AQSHdan o‘zib ketolmaydi”, dedi Qo‘shma Shtatlar prezidenti Jozef Bayden o‘z saylovchilariga “CNN” orqali qilgan murojaati chog‘ida.

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va Rossiya AQSHning qudratli qurolli kuchlari mavjudligini va hech qaysi davlat bu darajaga yetolmasligini biladi.

AQSH prezidenti, shuningdek, Moskva va Pekinning harakatlaridan xushyor bo‘lish kerakligini va aynan ular AQSHni xato qilishga majburlashini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot uchun, avvalroq Bayden AQSH va Xitoy o‘rtasida sovuq urush muhiti hosil bo‘lishini istamasligini aytgandi.