Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH prezidenti gaz narxini pasaytirish uchun neft zaxiralari ochilishini ma’lum qildi
18:34 / 2022-04-02

AQSH gaz narxini pasaytirish va butun mamlakat bo‘ylab inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun strategik zaxiralardan kuniga 1 million barrelgacha neft ajratadi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.

Jo Bayden ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan faktlarga ko‘ra, AQSH prezidenti kelgusi olti oy ichida mamlakatning strategik neft zaxirasidan foydalanmoqchi, boisi mahalliy ishlab chiqaruvchilar neft qazib olish hajmini sun’iy ravishda oshirmoqda.

– Ilgari hech qachon kuniga 1 million neft zaxirasi chiqarilishi kuzatilmagan. Ushbu rekord ko‘rsatkich yil oxirigacha mahalliy ishlab chiqarish hajmiga ko‘prik bo‘lib xizmat qiladigan tarixiy ta’minotni taqdim etadi, – deyiladi Oq uy matbuot xizmati bayonotida.

Qayd etish joiz, ikki kun avval bunday xabar paydo bo‘lgach, neft narxi o‘z-o‘zidan tushib ketgan. Aytishlaricha, reja ish bera boshlagan. Masalan, Brent nefti may oyidagi xalqaro fyucherslari bir barrel uchun 4 foizga tushib, 108,89 dollarni tashkil qilgan. AQSH neft fyucherslari esa 4,7 foizga tushib, 102,84 dollarni tashkil qildi, avvaliga 100,16 dollardan sotilgan.

Xom neft narxi ko‘tarilishi mamlakatda mahalliy benzin narxi keskin oshishiga olib keldi, bir gallon benzinning milliy o‘rtacha narxi 4,23 dollarga teng bo‘lgan.

“Wells Fargo Securities” energetika bo‘yicha tahlilchi Rojer Ridning ta’kidlashicha, strategik zaxiralardan olinadigan neftning kunlik hajmi global ishlab chiqarishning taxminan 1 foizini va AQSH iste’molining 5 foizini tashkil qiladi.