Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Pekin Olimpiadasini boykot qilishga tayyor
17:14 / 2021-12-06

AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati yaqin orada 2022 fevralida Xitoy poytaxtida bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga diplomatik boykot e’lon qilishi mumkin.

Bu Olimpiadada AQSH Prezidenti, Senat va Vakillar palatasi, shuningdek boshka Amerika rasmiylari ishtirok etmasligini bildiradi.
Binobarin, terma jamoa sportchilari Pekinga borishlari mumkin. CNN ta’kidlashicha, avvalroq AQSH Kongressi Vakillar palatasi inson huquqi poymol etilishiga norozilik sifatida Chin yurtida o‘tkaziladigan eng yirik qishki sport anjumanini boykot qilishga chaqirgan edi.
Darvoqe, Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari uchun diplomatik boykot masasi bir qator G‘arb davlatlari, xususan, Buyuk Britaniya, Kanada, Belgiyada ham ko‘tarilgan. Eslatib o‘tamiz, Pekin Olimpiadasi 2022 yil 4-20 fevral kunlariga rejalashtirilgan.

 

O‘zA