AQSH parlamenti delegatsiyasi Osiyo safariga jo‘nadi
AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi boshchiligidagi delegatsiya Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya va Yaponiya bo‘ylab safarini boshladi, deb xabar berdi parlament matbuot xizmati.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida AQSH davlati iyerarxiyasida uchinchi muhim lavozimni egallab turgan Pelosi avgust oyida Tayvanga tashrif buyurishi rejalashtirilayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Agar spiker orolga borsa, bu AQSH quyi palatasi rahbarining 25 yil ichida Tayvanga birinchi safari bo‘ladi.
Yaponiyalik professor Kenzi Minemuri fikriga ko‘ra, “Pelosining dasturida Tayvanga borish ko‘rsatilmagani xavfsizlik nuqtai nazaridan oshkora qilinmaganini, ya’ni orolga bormaydi, degan ma’noni bildirmasligi” ham mumkin.
O‘zA