AQSH o‘z fuqarolarini Yaqin Sharqni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti amerikalik fuqarolarni Yaqin Sharqdagi qator davlatlarni zudlik bilan tark etishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “Al Jazeera” nashri.
Rasmiy bayonotda vaziyat keskinlashgani va mintaqadagi ehtimoliy tahdidlar sabab ehtiyotkorlik choralari kuchaytirilayotgani ta’kidlangan.
Ta’kidlangan mamlakatlar ro‘yxatida Eron, BAA, Bahrayn, Iordaniya, Iroq, Isroil, Kuvayt, Livan, Misr, Saudiya Arabistoni, Suriya, Falastin (G‘azo sektori va Iordan daryosining G‘arbiy sohili) Yaman, Qatar va O‘mon o‘rin olgan.

Shuningdek, departament fuqarolarni xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishga, rasmiy xabarlarni kuzatib borishga va imkoniyat bo‘lsa, ushbu hududlarni tezroq tark etishga chaqirmoqda.
Rasmiylarning qayd etishicha, vaziyatning keyingi rivoji mintaqadagi harbiy-siyosiy holatga bog‘liq bo‘ladi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA