Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH noqonuniy muhojirlarga yangi taklif bilan chiqdi
18:12 / 2025-12-24

AQSH Ichki xavfsizlik departamenti joriy yil oxiriga qadar o‘zini deportatsiya qilish istagidagi hujjatsiz migrantlar uchun to‘lovlarni ming dollardan 3 ming dollargacha oshirdi, deb xabar bermoqda “CBS News” nashri. Muhojirlar kompensatsiya olish uchun “CBP Home” ilovasida ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

Ta’kidlanishicha, ular ixtiyoriy ravishda mamlakatni tark etmoqchi bo‘lsa, Qo‘shma Shtatlarda noqonuniy bo‘lish bilan bog‘liq jarimalar yoki jazolardan ozod qilinib, o‘z vatanlariga qaytishi uchun bepul chipta olishadi.

Departament ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvaridan beri 1,9 million hujjatsiz immigrant ixtiyoriy ravishda o‘z-o‘zini deportatsiya qilgan, minglab odamlar buni “CBP Home” dasturi orqali amalga oshirgan.

G.Sattorova, O‘zA