Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH nigohini yana Afg‘onistonga qaratmoqda
23:16 / 2025-09-21

Kuni kecha Prezident Donald Tramp Afg‘oniston hukumatidan Bag‘rom havo kuchlari qo‘nalg‘asini zudlik bilan AQSH nazoratiga topshirishni talab qildi.

– Afg‘oniston bilan muzokara olib boryapmiz, bazani o‘zimizga qaytarishni istaymiz, – dedi Oq uy rahbari Virjiniyadagi tadbirda jurnalistlarga. – Hududni imkon qadar tezroq, zudlik bilan olishimiz zarur.

Avvalroq Tramp Afg‘oniston Bag‘romni barpo etganlar – Amerika Qo‘shma Shtatlariga qaytarib bermasa, oqibati yomon bo‘lishini aytib, tahdid qilgandi.

Juma kuni Tramp Vashington Kobul bilan Amerika qo‘shinini Afg‘onistonga qaytarish bo‘yicha muzokara olib borayotganini tasdiqladi. O‘sha kuni ertalab “The Wall Street Journal AQSH Afg‘onistonda o‘z harbiylari mavjudligini “terrorizmga qarshi amaliyot uchun maydoncha” sifatida yangilamoqchiligini ma’lum qildi.

Payshanba kuni Vashington Bag‘rom aviatsiya bazasining “Xitoy yadro quroli ishlab chiqariladigan” joyga yaqin strategik joylashuvini ta’kidlab, hududni qaytarishga intilayotgani e’lon qilindi.

Savol tug‘iladi: chorak asrdan ko‘p vaqt urush girdobi dahshatli azobini  boshdan kechirgan Ag‘oniston ayni masalaga qanday qaraydi?

Amerika yetakchisi “tashabbusi”ga munosabat bildirarkan, Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi va tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Zokir Jaloliy AQSHning Afg‘onistonda harbiy hozirligi endi mumkin emasligini ta’kidladi.

Avvalroq armiya bosh shtabi boshlig‘i Fasihiddin Fitrat ham afg‘on hukumati Bag‘rom havo bazasi bo‘yicha hech bir davlat, jumladan AQSH bilan muzokara olib bormasligini aytgandi. Uning ta’kidlashicha, Afg‘oniston hududida, hatto, bir nafar xorijlik askar bo‘lishi “Islom Amirligi uchun qabul qilib bo‘lmaydigan holat” va Kobul havo bazasi bo‘yicha AQSH yoki boshqa davlatlar bilan hech qanday kelishuv tuzmaydi.

Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy Diplomatiya akademiyasi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimida ishtirok etgan chog‘i ushbu masalaga ham alohida to‘xtalib, ayni payt Bag‘rom havo bazasida xorijiy qo‘shin yo‘qligiga urg‘u berdi.

Муттаки: Мы не уступим насchet женщин, и приведите пример инклюзивного  правительстva! — EADaily, 2 октября 2023 — Афganiстан новости. Новости  Афganiстана. Талибы новости. Талибан новости. Новости Афganiстан. Талибан.  Талибы. Афganiстан. Новости ...

 Alemarah axborot portali Muttaqiyning bayonoti Tramp bir necha bor da’vo qilgan, go‘yo, ushbu majmuada Xitoy qo‘shini borligi haqidagi taxminga javob ekanini yozdi.

– Amerika Afg‘onistonni, xalqimizni va xorijiy qo‘shin mavjudligiga qat’iyan qarshi bo‘lgan va xorijiy davlat bilan hech qanday harbiy aloqa qilmaydigan Islom Amirligi tizimini to‘g‘ri tushunishi kerak, – deya vazirning so‘zlarini keltirgan nashr.

Muttaqiy “davlatga hech qachon chet el qo‘shini qo‘yilmasligi”ni alohida ta’kidlagan:

– Afg‘oniston dunyo bilan siyosiy, iqtisodiy va diplomatik hamkorlikka intiladi, lekin hech qanday harbiy aloqani qabul qilmaydi. Xalqaro hamjamiyatni afg‘on tuprog‘ida xorijiy harbiy kuch yo‘qligiga ishontiramiz.

Trampning da’vosiga dunyo ommaviy axborot vositalari ham befarq emas, albatta. Qator xorijiy nashrlar bu amalga oshishi qiyin reja ekanini yozmoqda.

Военнослужащие НАТО оставили авиабазу Баграм в Афganiстане – DW – 02.07.2021

Masalan, “Reyter” agentligi  nomi oshkor etilmagan AQSH rasmiylariga tayanib, mazkur loyihani Amerikaliklar Afg‘onistonga yana kirib olishi sifatida ko‘riladi, deb yozdi:

– Ayni maqsad oxir-oqibat mamlakatga yana bostirib kirishga o‘xshab ko‘rinishi mumkin va 10 000 dan ko‘p askar va ilg‘or havo hujumidan mudofaa tizimi joylashtirilishini talab qiladi, – deydi amaldagi va sobiq rasmiylar.

Qayd etilishicha, AQSH hozir 2021 yil Afg‘onistondan qo‘shinini olib chiqib ketganda tashlab ketgan havo kuchlari bazasini harbiy yo‘l bilan qaytarib olishni faol rejalashtirmayapti.

Интересные факты об Афganiстане - Ilm va faktlar

Nashr suhbatlashgan ekspertlar fikricha, Tolibon harakati AQSHning muzokara yo‘li bilan Bag‘romga qaytishiga rozi bo‘lsa ham, hudud ko‘plab tahdidlar, jumladan mamlakatdagi “Islomiy davlat” va “Al-Qoida” jangarilaridan himoya qilishi kerak bo‘ladi. Qolaversa, xuddi Eron o‘z yadroviy inshootlariga yo‘llangan zarbaga javob tariqasida Qatardagi AQSHning yirik aviatsiya qo‘galg‘asiga hujum qilgani kabi, ushbu baza zamonaviy raketa tahdididan himoyalana olmasligi mumkin.

Ma’lumki, Tolibon harakati 2021 yil 15 avgustda hukumat kuchlariga qarshi hujumni kuchaytirib, Kobulga kirgan. Ertasiga ular urush tugaganini e’lon qildi. Prezident Ashraf G‘ani mamlakatni tark etdi. 31 avgustga o‘tar kechasi Amerika qo‘shinlari ham Kobul aeroportidan chiqib ketdi. Shu tariqa AQSHning Afg‘onistondagi qariyb 20 yillik missiyasi nihoyasiga yetgandi.

Saidmurod Rahimov, O‘zA sharhlovchisi