Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH mudofaa vazirligi Ukraina NATO standartidagi qurollarga o‘tishini ma’lum qildi
16:05 / 2022-08-25

AQSH mudofaa vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Kolin Kal Ukraina armiyasi asta-sekin NATO standartidagi qurollarga o‘tadi, dedi.

"Kelgusi yillarda ham ular o‘zlarida ishlab chiqarilgan qurol-yarog‘ va tizimlaridan foydalanishni davom ettirishi turgan gap. Biroq, shaxsan mening fikrimcha, Ukraina bosqichma-bosqich Alyans standartidagi qurollarga o‘tadi", – deya keltiradi Kalning so‘zlarini "UNN" nashri.  

Bayonotga ko‘ra, Ukrainaning NATO qurollari tizimiga to‘liq integratsiyalashishi uchun kamida uch yil kerak bo‘ladi.

Shu bilan birga, Kolin Kal so‘nggi oylarda Ukrainaga dunyoning 50 dan ortiq mamlakati harbiy yordam ko‘rsatganini ta’kidladi.