Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH moliya vazirligi Rossiya bilan internet-uskunalar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berdi
11:00 / 2022-04-08

AQSH moliya vazirligi telekommunikatsiya va internet-uskunalar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha Rossiyaga qarshi sanksiyalardan chiqdi.

“Endi rossiyaliklar Amerika fuqarosi ishtirokida internet tarmog‘ida telekommunikatsiyalar uchun zarur bo‘lgan xizmatlar, dasturiy ta’minot, uskunalar yoki texnologiyalarni Amerika Qo‘shma Shtatlari hududidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki boshqa davlatlar orqali eksport qilishi mumkin. Shuningdek reeksport qilish, sotish, yetkazib berish mumkin. Shuningdek, lahzali xabar almashish, video konferensiya, chatlar va elektron pochta xabarlari, ijtimoiy tarmoqlar, fotosuratlar almashish, filmlar va hujjatlarni internetda qidirish, blog yuritish va domenni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin. 

Shu bilan birga, departament Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shilgan qo‘shimchani ham e’lon qildi. Unda sakkiz rossiyalik va Rossiya Federatsiyasidan 29 tashkilot bor. 

AQSH G‘aznachiligining sanksiyalari Amerika hududidagi cheklovlarga tushib qolgan kompaniyalar va jismoniy shaxslarning mol-mulki va moliyaviy aktivlarini muzlatishdan iborat. 

O‘zA