English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH moliya vaziri XVJni qarzdor mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
13:02 / 2023-04-05

AQSH moliya vaziri Janet Yellen Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) Ukrainaga kredit ajratish bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatladi va jamg‘armani qarz inqiroziga uchragan mamlakatlarga yordam berishni kuchaytirishga chaqirdi, deb xabar tarqatdi mazkur vazirlik matbuot xizmati. Ushbu bayonot Janet Yellenning XVJ rahbari Kristalina Georgiyeva bilan o‘tkazgan muzokarasidan so‘ng tarqatilgani aytilmoqda.

Xabarda keltirilishicha, Yellen XVJni  qarz botqog‘iga botgan past va o‘rtacha daromaddagi mamlakatlarni qo‘llab-quvatlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirishni chuqurlashtirishga chaqirgan hamda barcha rasmiy kreditorlarga qarzlarni restrukturizatsiyalash bo‘yicha jarayonlarni nihoyasiga yetkazishi uchun bosim o‘tkazishni davom ettirish kerakligini ta’kidlagan.  

Xabarda ta’kidlanishicha, muzokaralarda tomonlar shuningdek, iqtisodiy prognozlar va amerika moliya sektorida yuzaga kelgan vaziyatni ham muhokama qilishgan.