AQSH moliya vaziri mamlakat iqtisodiyotining sekinlashishiga zarurat deb izoh berdi
AQSH iqtisodiyoti sekinlashmoqda, dedi mamlakat moliya vaziri Janet Yellen. Lekin uning ta’kidlashicha, bu retsessiya emas, balki tez o‘sishdan keyin kuzatiladigan ko‘rinish.
"Iqtisodiyot sekinlashmoqda: o‘tgan yili AQSH iqtisodiyoti juda tez o‘sdi va 5,5 foizni tashkil etdi. Bu odamlarni pandemiya tufayli yo‘qotgan ish o‘rinlariga qaytardi. Lekin bu retsessiya vaqtidagi iqtisodiyot emas. Biz o‘tish davridamiz, bunday paytda iqtisodiyot sekinlashadi. Bu zarurat va ayni vaziyatga mos keladi", - dedi Yellen NBCga bergan intervyusida.
Uning ta’kidlashicha, mamlakatda inflyatsiya haddan ortiq yuqori, iqtisodiyotda sekinlashish bor, lekin retsessiya alomatlari yo‘q.