Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH ma’muriyati Eron bilan O‘monda muzokara o‘tkazishga rozi bo‘ldi
13:53 / 2026-02-04

AQSH ma’muriyati Eron vakillari bilan O‘monda muzokara o‘tkazish taklifiga rozilik bildirdi. Maslahatlashuv 6 fevralga belgilangan. Bu haqda "Axios" portali xabar berdi.

Arab davlatlaridan biridagi manbaga ko‘ra, AQSH va Eron o‘rtasidagi yadroviy masala bo‘yicha muloqot manzili Eron tomoni iltimosiga binoan, Turkiyadan O‘monga ko‘chirilgan. Qo‘shimcha qilinishicha, arab va musulmon davlatlarining mazkur uchrashuvda ishtirok etishi masalasi hali yechilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron AQSH bilan muzokara formatini ikki tomonlama shaklga o‘tkazish, shuningdek uchrashuvni Istanbuldan O‘monga ko‘chirish niyati haqida xabar bergan edi.  

                                                                                                                F.Yaxshiboyeva, O‘zA