Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Maduro va uning rafiqasiga narkobiznes bilan bog‘liq ayblov qo‘ydi
18:06 / 2026-01-03

AQSH rasmiylari Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresga nisbatan jiddiy jinoiy ayblovlar qo‘yilganini ma’lum qildi. Ular narkobiznes va boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.

AQSH bosh prokurori Pamela Bondining aytishicha, ish Nyu-York shtati janubiy okrug sudida ko‘rib chiqiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Nikolas Maduro narkobiznes maqsadida til biriktirish, kokain olib kirish bo‘yicha jinoiy kelishuv, shuningdek, pulemyot va portlovchi qurilmalarni noqonuniy saqlash va ularni AQSHga qarshi qo‘llash rejalarida ayblanmoqda.

Bondining ta’kidlashicha, Maduro va uning rafiqasi yaqin orada Amerika qonunlari doirasida javobgarlikka tortiladi.

Shuningdek, AQSH bosh prokurori Maduro ishida qat’iyat ko‘rsatgani uchun AQSH prezidenti Donald Trampga minnatdorlik bildirgan. Shu bilan birga, Maduro va uning rafiqasini qo‘lga olish bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyada ishtirok etgan AQSH harbiylariga ham alohida tashakkur bildirdi.

AQSH Adliya vazirligiga ko‘ra, bu operatsiya juda muvaffaqiyatli o‘tgan va xalqaro narkotrafikka qarshi kurashda muhim qadam hisoblanadi.

                                                      Kenja Bekjonov, O‘zA