Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Lvovdagi “uchlik” uchrashuvini olqishlaydi
09:51 / 2022-08-18

Qo‘shma Shtatlar Ukraina va Turkiya Prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Rejep Tayyip Erdog‘an hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning payshanba kuni Lvov shahrida muzokara o‘tkazish qarorini olqishlaydi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays ma’lum qildi.

“Albatta, Bosh kotib va Prezidentlar muhokama qiladigan bir qator muhim masalalar bor. Uchrashuvda asosiy e’tibor oziq-ovqat xavfsizligiga qaratilishi diqqatga sazovor. Turkiyaning Ukraina g‘allasi Qora dengiz portidan ko‘proq erkin eksport qilinishini rag‘batlantirish yo‘lidagi say’-harakati maqtovga sazovor. Shuningdek, BMT Bosh kotibi va Ukraina Prezidentining kemalar dengizdan chiqib ketishini ta’minlashga qaratilgan amallarini ham yuqori baholaymiz”, dedi diplomat.

Praysning aytishicha, “g‘alla va oziq ovqat yuklangan 20 dan ortiq kema” Ukrainadan chiqib ketgan, yukning salmoqli qismi Qo‘shma muvofiqlashtirish markazida ko‘rikdan o‘tkazilgan va hozir manzilga yetkazilmoqda”. 

16 avgust kuni Istanbuldagi Qo‘shma markaz ishining dastlabki ikki haftasi – 1-15 avgust oralig‘idagi faoliyati sarhisob qilindi. Ukrainadan chiqqan 21 kemaning biri Afrikaga, qolganlari Yevropa va Osiyo mamlakatlariga yo‘l  olgan.