English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH KXDR bilan oldindan hech qanday shartlarsiz muloqot qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi
14:24 / 2022-06-10

So‘nggi paytlarda Shimoliy Koreyaning vaqti-vaqti bilan Yapon dengiziga qarata uchirayotgan ballistik raketalari AQSH va uning Sharqdagi ittifoqchilari Yaponiya hamda Janubiy Koreyani tobora xavotirga solmoqda.

Shu munosabat bilan Amerikaning KXDR bo‘yicha maxsus vakili Son Kim yaqinda jurnalistlar uchun brifing uyushtirdi. 

Unda maxsus vakil AQSH oldindan hech qanday shartlarsiz KXDR bilan diplomatik harakatlarni amalga oshirishga tayyor ekanini, biroq haligacha ushbu tashabbusga Pxenyan tomonidan ijobiy javob olinmaganini ma’lum qildi.

"AQSH har doim Pxenyan bilan oldindan hech qanday shartlarsiz muloqotga tayyor ekanini qat’iy aytib keladi", - deydi Son Kim brifingda.

Uning ta’kidlashicha, Vashington ushbu taklifga Pxenyandan haligacha ijobiy javob olmagan. Bundan tashqari, Pxenyan AQSHning uchinchi mamlakat vositachiligida yetkazilgan murojaatiga ham parvo qilmayapti hamda muloqotni yo‘lga qo‘yishga qiziqish ham bildirmagan.

Shu bilan birga, AQSHn maxsus vakilining ta’kidlashicha, Vashington mazkur masalada biror-bir muddatni belgilagani yo‘q.