AQSH prezidenti Donald Tramp kutilmaganda Ukrainadan sulh tuzishni talab qilmasligini aytdi.
“TheNew York Times” gazetasiga ko‘ra, Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotdan so‘ng, u “Rossiya va Ukraina mojaroga o‘zlari yechim topishi kerak”, deb aytgan. Shuningdek, Tramp yangi sanksiyalarni joriy etish bo‘yicha Yevropa kampaniyasida ishtirok etishdan bosh tortgan.
Bu qaror Germaniya Kansleri Fridrix Mersga jiddiy zarba bo‘ldi. U avvalroq RF rasmiylariga murojaat qilib, Tramp bilan birgalikda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga, shu jumladan, sanksiyalarni kengaytirishga va’da bergan edi. Biroq endi Vashingtondan hech qanday yordam yo‘qligi ma’lum bo‘lmoqda.
Shunday qilib, endilikda Yevropa rahbarlari ittifoqchisiz qolmoqda, deyish mumkin.
Germaniya hukumati vakili “Bild” nashriga bergan intervyusida Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimi davom etayotganini ta’kidlagan. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi 17-sanksiya paketini ishga tushirganini, Yevropa komissiyasi esa energetika va moliya sohalarida yangi cheklovlarni ishlab chiqayotganini aytgan.
Manbalar ushbu holat Mersning tashqi siyosatdagi obro‘siga putur yetkazishi mumkinligini yozmoqda.
Sardor Poyonov, O‘zA