Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Kubadagi namoyishchilarga qarshi zo‘ravonliklarni qat’iy qoralaydi
18:46 / 2021-07-12

AQSH Kuba hukumatini namoyishchilarga qarshi kuch ishlatmaslikka chaqirmoqda. Bu haqda AQSH milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan xabar berdi.

– AQSH Kubada so‘z erkinligi va fuqarolar haq-huquqlarini himoya qilishga yordam beradi, o‘z huquqlaridan foydalanayotgan tinch namoyishchilarga qarshi har qanday zo‘ravonlikni qat’iyan qoralaydi, – deb yozgan Sallivan Twitterda.

Kubaning bir nechta shaharlarida tartibsizliklar sodir bo‘lmoqda. Namoyishchilar norozilik bildirib ko‘chalarga chiqqan, do‘konlar vayron qilingan. Avvalroq poytaxt Gavanadan 24 kilometr janubda joylashgan San-Antonio-de-los-Banos shahrida ommaviy mitinglar boshlanib ketgan edi.

Kuba Respublikasi Prezidenti Migel Dias-Kanel mitinglar o‘tkazilayotgan shaharga borgan. U mamlakat inqilobi himoyachilarini hokimiyatga qarshi provokatsiyalarning oldini olish uchun ko‘chalarga chiqishga, namoyishga chaqirgan.