Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH kosmosga to‘liq egalik qilmoqchi(mi)?
12:23 / 2025-12-22

Qo‘shma Shtatlar prezidenti kosmos bo‘yicha kelgusi besh yilga mo‘ljallangan keskin va ambitsiyali rejalarni ochiqladi.

Ushbu hujjatda 2028 yilga borib Oyga insonlarni yuborish, 2030 yilgacha u yerda doimiy baza yaratish, kelajakda Marsga birinchi bo‘lib yetib borish va kosmosda mudofaa salohiyatini kuchaytirish asosiy ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.

Ta’kidlanishicha, NASA va xalqaro hamkorlar “Artemis” dasturi doirasida Yerning tabiiy yo‘ldoshiga borishga tayyorgarlikni jadallashtirmoqda. Shu bilan birga, Tramp ma’muriyati kosmik uchirishlarni arzonlashtirish va bunga xususiy kompaniyalarni faolroq jalb qilish va kosmosni iqtisodiy makonga aylantirishni maqsad qilgan. 

Tramp imzolagan farmonda kosmik xavfsizlik masalasiga ham alohida urg‘u berilgan. Raketaga qarshi tizimlar, jumladan, “Oltin gumbaz” deb atalgan ko‘p qatlamli mudofaa loyihasi orqali Yer atrofidagi orbitadan kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga qarshi imkoniyatlar kengaytiriladi. Ushbu tizim ballistik va gipertovushli raketalar, dronlar hamda ehtimoliy kosmik qurollarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan.

Shuningdek, kosmosga yadro reaktorlarini joylashtirish, Xalqaro kosmik stansiyani 2030 yilga kelib xususiy orbital platformalar bilan almashtirish va Marsga uchish uchun “Oy–Mars” zanjirli strategiyani tezlashtirish rejalari ham ilgari surilgan. 

“Euronews” yozishicha, Tramp ma’muriyati bu orqali kosmosdagi yetakchilikni mustahkamlash, harbiy va iqtisodiy ustunlikni uzoq muddatga kafolatlashni ko‘zlamoqda.

Ekspertlar fikricha, yangi strategiya nafaqat ilm-fan va texnologiyalar poygasini, balki kosmosning global siyosatdagi o‘rnini ham tubdan o‘zgartirishi mumkin.

Musulmon Ziyo, O‘zA