Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH koronavirusga qarshi kurashda JSST rolini tan olmadi
17:00 / 2020-04-22

Darhaqiqat, Donald Trampning gʻazab otiga minishiga yetarlicha sabablar bor:


AQSH BMT Bosh Assambleyasida koronavirus boʻyicha qabul qilingan rezolyutsiyani maʼqullamaydi, chunki unda koronavirusga qarshi kurashda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) muhim oʻrin tutishi taʼkidlangan, deyiladi AQSHning BMTdagi doimiy vakili saytida berilgan xabarda.

Dushanba kuni BMT Bosh Assambleyasiga aʼzo barcha davlatlar mazkur rezolyutsiyani qoʻllab-quvvatladi, unda shuningdek, koronavirusga qarshi qoʻllaniladigan vaksina bilan tovlamachilik qilishga yoʻl qoʻymaslik kerakligi ham eslatilgan. Hujjat matnida yozilishicha, BMT Bosh Assambleyasiga aʼzo mamlakatlar JSSTning koronavirusga qarshi olib borilayotgan kurashda yetakchi rol oʻynayotganini bir ovozdan tasdiqlaydi.

AQSHning BMTdagi doimiy vakili ushbu hujjatga sharh berar ekan, Qoʻshma Shtatlar yangi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda bundan keyin ham dunyo hamjamiyati bilan hamkorlik qilishga alohida eʼtibor qaratadi, dedi. Uning taʼkidlashicha, garchi AQSH “COVID-19ga qarshi kurashda dori-darmon, vaksinalar va tibbiy jihozlar bilan global ravishda taʼminlash maqsadida xalqaro hamkorlik qilish” nomi ostida qabul qilingan rezolyutsiyani umuman olganda qoʻllab-quvvatlaydi, faqat 1 chi punktni qabul qilmaydi…, unda COVID-19 tarqalishiga aloqador gap ketganda, JSSTning “yetakchi rol oʻynayotgani” taʼkidlangan, — deyiladi ushbu izohda.

Shuningdek, AQSH hujjatda qayd etilgan pandemiyani bartaraf qilishda JSST muhim rol oʻynashi kerakligini inkor etmaydi, biroq “JSST pandemiya boshlangan paytlarda oʻzining mustaqilligini namoyish qila olmaganidan xavotirda“, deydi u.

Bundan avval AQSH prezidenti Donald Tramp Vashington JSSTni moliyalashtirishni toʻxtatishga qaror qilgani haqida maʼlum qilgan edi. Oq uy rahbarining taʼkidlashicha, JSST koronavirus haqida xalqaro hamjamiyatga oʻz vaqtida maʼlum qilmagan, shuningdek, haqiqiy ahvolni ham boricha oshkor etmagan.

Taʼkidlash joizki, Trampning JSSTni tanqid qilishi AQSHda pandemiya bilan bogʻliq oʻta murakkab vaziyat yuzaga kelgan paytga toʻgʻri keldi. Chunki AQSH epidemiya avjiga chiqqanda, pandemiya jilovini qoʻldan chiqarib yubordi. Shu bois koronavirusga chalinganlar soni boʻyicha ham, qurbonlar soni boʻyicha ham dunyoda birinchi oʻrinda bormoqda. Qolaversa, Amerika jamoatchiligi ham Trampni pandemiyaga qarshi kurashda zarur boʻlgan choralarni anchayin kech boshlaganlikda ayblamoqda.

Tabiiyki, bunday ayblovlar va yuzaga kelgan vaziyat tufayli Donald Tramp kimnidir aybdor qilib koʻrsatishga majbur qilardi.

Darhaqiqat, Donald Trampning gʻazab otiga minishiga yetarlicha sabablar bor:

Birinchidan, AQSHda oxirgi 24 soat ichida 2 ming 751 bemor vafot etganining oʻzi ham Okeanorti mamlakatida ahvol qay darajada murakkabligini koʻrsatmoqda. Mamlakatda hozirgacha 45 ming kishi koronavirus qurboniga aylangan, jami 820 ming kishi virus yuqtirgan.

Qolaversa, AQSH kasalliklar profilaktikasi va ularni nazorat qilish boʻyicha markaz rahbari (CDC) Robert Redfild mahalliy gazetalarning biriga intervyu berar ekan, koronavirusning kelasi qishda keladigan ikkinchi toʻlqini hozirgisidan ham yomon boʻlishi mumkinligini taʼʼkidladi. Uning fikricha, pandemiyaning ikkinchi toʻlqini aynan, gripp epidemiyasi boshlanadigan vaqtga toʻgʻri keladi.

“Bizda gripp epidemiyasi bilan koronavirus epidemiyasi boshlanishi bir vaqtga toʻgʻri keladi “, — dedi Redfild.

Uning taʼkidlashicha, ushbu ikki respiratorli kasallikning bir vaqtda tarqalishi oqibatida sogʻliqni saqlash tizimi “tasavvur qilib boʻlmaydigan darajadagi katta bosim” ostida qolishi mumkin.