Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Koreya yarimoroli atrofida razvedka va raketaga qarshi mudofaani kuchaytirmoqda
12:09 / 2022-03-10

Qo‘shma Shtatlar Koreya yarim oroli atrofida razvedka ma’lumotlarini yig‘ish faoliyatini kuchaytirdi, shu bilan birga mintaqada Shimoliy Koreyaning raketa faolligi kuchayganiga javoban hushyorlikni oshirish hamda raketaga qarshi mudofaa kuchlari tayyorligini kuchaytirish ham buyurildi, — dedi AQSH razvedkasi.

Bu haqda Tinch okeani qo‘mondonligi (INDOPACOM) ma’lum qildi. 

Bu chora Shimoliy Koreyaning to‘qqizta raketa sinovidan so‘ng, jumladan, yanvar oyida yetti marta sinov amalga oshirilgan, bu Shimoliy Koreya tomonidan bir oy ichida o‘tkazilgan eng ko‘p raketa sinovi bo‘ldi. 

— Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreyaning so‘nggi paytlarda ballistik raketa uchirishini qoralaydi, — deyiladi Gavayida joylashgan Hind-Tinch okeani qo‘mondonligi bayonotida. 

Bundan kelib chiqib, 2022 yil 7 mart kuni AQSHning Hind-Tinch okeani qo‘mondonligi Sariq dengizda kuzatuv va razvedka faoliyatini kuchaytirish, shuningdek, mintaqadagi raketalarga qarshi mudofaa kuchlari tayyorgarligini oshirish haqida buyruq berdi, — deyiladi xabarda. 

AQSH milliy razvedka boshqarmasi seshanba kuni tahdidlarni baholash bo‘yicha yillik hisobotida Shimoliy Koreya joriy yilda yadroviy va qit’alararo ballistik raketa sinovlarini qayta tiklashga tayyor bo‘lishi mumkinligini aytdi. 

— Koreya Respublikasi va Yaponiyani himoya qilish bo‘yicha bizning majburiyatimiz bor, — deyiladi xabarda. Qo‘shma Shtatlar Koreya yarimorolining to‘liq yadrosiz hudud bo‘lishiga qaratilgan jiddiy va barqaror diplomatiyaga sodiq qoladi. 

AQSH mudofaa vazirligi matbuot kotibi Jon Kirbi Shimoliy Koreyaning raketalari faolligi yuzasidan Oq uy xavotirda ekanini tasdiqladi. 

— Biz Shimoliy Koreyaning raketa sinovlari faolligining sezilarli darajada oshishi bilan bog‘liq xavotirlarimizni ochiq aytdik, bizning fikrimizcha, bu tinchlik va xavfsizlikka putur yetkazadi va mintaqa hamda xalqaro hamjamiyatni beqarorlashtiradi, — dedi Pentagon vakili. 

Kirbi, shuningdek, AQSH va Janubiy Koreya o‘rtasidagi yaqin munosabatlarga urg‘u berib, Seulni Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘ygani uchun olqishladi. 
Uning so‘zlari Moskva Janubiy Koreya, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etgan AQSH va boshqa o‘nlab davlatlarni “nodo‘st” davlatlar ro‘yxatiga kiritganidan keyin yangragan. 

— Bizning ittifoqchilarimiz bo‘lgan janubiy koreyaliklar ham sanksiyalar qo‘ygani va qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligidan minnatdormiz, — dedi Kirbi. — Menimcha, bu bizning yaqin do‘stligimiz va hamkorligimizdan dalolat beradi. 

Ulug‘bek Mahmirzayev