Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH kongressmenlari Trampni qonunlarga bo‘ysunishni talab etmoqda
09:57 / 2022-10-14

2021 yil 6 yanvardagi Kapitoliya hujumini tergov qilayotgan AQSH Vakillar palatasining Maxsus qo‘mitasi Qo‘shma Shtatlarning sobiq Prezidenti Donald Trampdan hujjatlarni taqdim etishni va qonunshunoslarning ushbu voqealarga oid savollariga javob berishni talab qilishi uchun ovoz berdi. Bu haqda Kongress matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur qo‘mita raisi Benni Tompsonga sobiq prezidentga tegishli talabnomani jo‘natish va uni Kapitoliyaga bostirib kirish bilan bog‘liq hujjatlarni taqdim etish, shuningdek, qonunshunoslarning savollariga javob berish mas’uliyatini yuklash haqidagi rezolyutsiyani bir ovozdan quvvatladilar”, bayonotda. 

Avvalroq Trampning bir qator yordamchilari qo‘mita talablarini bajarishdan bosh tortganlikda ayblangan edilar. 
2021 yil 6 yanvarda respublikachi Tramp tarafdorlari mamlakatda 2020 yil noyabrda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijalarni tasdiqlashga to‘sqinlik qilish maqsadida Kongress binosiga bostirib kirgan edilar.  

Tartibsizliklarda bir politsiya xodimi xalok bo‘lgandi. 

 

O‘zA