Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH kongressmenlari Rossiyadan energiya importini taqiqlash qonun loyihasini qabul qildi
12:15 / 2022-03-10

AQSH kongressining vakillar palatasi Rossiyadan energiya importini taqiqlash va Rossiyaning Jahon savdo tashkilotidagi (JST) ishtirokini to‘xtatish choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi.

Ovoz berish jarayoni qonun chiqaruvchi parlament quyi palatasi saytida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Armenpress”. 

Tashabbusni 415 kongressmen qo‘llab-quvvatlab, 17 nafari qarshi ovoz bergan. 
Qonun loyihasi AQSH senatida qachon ko‘rib chiqilishi hozircha noma’lum.