AQSH Kongressiga RF bilan bog‘liq ikkilamchi sanksiya bo‘yicha qonun loyihasi kiritildi
AQSH Kongressi Rossiya nefti va gazini sotib olishda davom etayotgan mamlakatlarga qarshi ikkilamchi sanksiya joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqa boshladi. Senator Gremning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujjat Prezident Trampga sanksiya va tarif joriy qilish uchun kengaytirilgan vakolat beradi.
- Ushbu qonun loyihasi Prezident Trampga Rossiya va ruslarni qo‘llab-quvvatlovchi Eron kabi mamlakatlarni ham nishonga olish orqali Putinni tinchlik stoliga o‘tirishga majburlash uchun ko‘proq moslashuvchanlik va vakolat berishni nazarda tutadi, - deb yozdi noib ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
S.Rahimov, O‘zA