AQSH Kongressi Ukrainaga beriladigan navbatdagi yordam paketini ma’qulladi
AQSH Kongressi vakillar palatasi Ukrainaga qariyb 40 milliard dollar miqdoridagi qo‘shimcha yordam paketi berilishi bo‘yicha qonun loyihasini ma’qulladi.
O‘tgan hafta AQSH prezidenti Jo Bayden Kiyevga qo‘shimcha mablag‘ ajratishni e’lon qilgan edi.
O‘shanda davlat rahbari kongress a’zolarini avval ajratilgan mablag‘ tamom bo‘lgani va yana 33 milliard dollar ajratish bo‘yicha ma’muriyat so‘rovini zudlik bilan ma’qullashga chaqirgan edi.
AQSH ommaviy axborot vositalarining yozishicha, ichki bahslar yakunida kongress yetakchilari Ukrainaga 39,8 milliard dollar ajratish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu AQSH prezidenti so‘ragan mablag‘dan 7 milliard dollarga ko‘p.
Xabarlarda aytilishicha, ushbu mablag‘ning aksariyat qismi Ukrainaga harbiy yordamni ko‘zda tutadi.