Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Kongressi koronavirusga qarshi yordam bo‘yicha uzoq kutilgan kelishuvni imzoladi
20:23 / 2020-12-22

AQSH Kongressi bir necha oy davom etgan tortishuvlardan so‘ng pandemiya munosabati bilan 900 milliard dollar yordam ajratilishi to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Senatorlar Vakillar palatasi tomonidan taqdim etilgan qonun loyihasini dushanba kuni kechqurun ma’qulladilar.

Mazkur yordam ko‘plab amerikaliklar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar ko‘rinishida beriladi, shuningdek biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda ishsizlik dasturlarini ham o‘z ichiga oladi.

Prezident Donald Tramp ushbu qonunni tezda imzolashi kutilmoqda.

Saylangan prezident Jo Bayden yordam paketini mamnuniyat bilan qabul qildi, ammo Kongress yangi yilda “COVID-19” yordam rejasini qo‘llab-quvvatlashi uchun u ishga kirishishi kerakligini aytdi.

O‘zA