AQSH Kongoda Ebola epidemiyasiga qarshi kurashish uchun ko‘maklashadi
AQSH Kongo Demokratik Respublikasida avj olayotgan Ebola epidemiyasiga qarshi global kurashishni qo‘llab quvvatlash maqsadida bir necha million dollar berishni rejalashtirmoqda.
Washingtonpost nashrining xabar berishicha, AQSH Kongo Demokratik Respublikasida avj olayotgan Ebola epidemiyasiga qarshi global kurashishni qo‘llab quvvatlash maqsadida bir necha million dollar berishni rejalashtirmoqda. Moliyaviy ko‘mak bo‘yicha yakuniy qarorning kelgusi xaftada qabul qilinishi kutilmoqda.Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining juma kungi bayonotida aytilishicha 2014 yildan beri 11 mingdan ortiq kishining umriga zomin bo‘lgan ushbu epidemiya hali xalqaro darajada favqulotda holat deb e’lon qilish mezonlariga to‘g‘ri kelmaydi. Ammo JSST bayonotida xalqaro hamjamiyatning “keskin javobi” epidemiyaning tarqalib ketishini oldini olishda muhimligi ta’kidlanadi.
Kongo daryosining sharqiy qirg‘og‘idagi aholisi zich bo‘lgan port shaharda Ebola bilan og‘rigan bir kishining aniqlanishi epidemiyani tez tarqalish ehtimoli borasida xavotir uyg‘otgan.
JSST rasmiylari kelgusi 3 oy mobaynida epidemiyani nazorat qilish uchun 26 million dollar talab etilishini hisoblab chiqishdi. Hozirgacha JSST tomonidan to‘plangan mablag‘ miqdori 9 million dollarni tashkil etmoqda.
“Bizga yana 17 million dollar mablag‘ zarur” deb ta’kidlagan Pitr Salama, JSSTning yuqori mulozimlaridan biri juma kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. “Bu mablag‘ anchagina salmoqli ko‘rinishi mumkin, ammo G‘arbaiy Afrikadagi Ebola epidemiyasini bartaraf etishga sarflangan 3-4 milliard dollarga solishtirganda ancha kam. Shu tarzda bizoz mablag‘ bilan epidemiya tarqalishi mumkin bo‘lgan uchqunga barham beramiz va qanchadan qancha odamlar hayotini saqlab qolamiz, bu orqali esa mablag‘ tejaladi” degan Pitr Salama
AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligining ma’lum qilishicha, epidemiyani oldini olish ishlarini qo‘llab quvvatlash maqsadida JSSTga dastlabki 1 million dollar mablag‘ ajratilgan. AQSH rasmiylariga ko‘ra, kelgusi xaftada bir necha million dollar miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi e’lon qilinadi.