Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH kompaniyalari bilan hamkorlik imkoniyatlari kengaymoqda
12:30 / 2025-09-08

O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish, hududlarda yangi ish o‘rinlari yaratish va zamonaviy infratuzilmani shakllantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda xalqaro hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, yirik xorijiy kompaniyalarning mamlakatimizga kirib kelishi nafaqat investitsiyalar oqimini oshiradi, balki mahalliy mutaxassislar uchun tajriba maktabi vazifasini ham o‘taydi.

Shu maqsadda Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi AQSHning Florida va Chikago shaharlarida bir qator yirik kompaniya va tashkilotlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Suhbatlar davomida bir qator amaliy kelishuvlarga erishildi. Jumladan, Andijon viloyatida xorijiy kompaniyalar filiallarini ochish, IT Park rezidentligi orqali ularni qo‘llab-quvvatlash va eksport hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Delegatsiyaning safar dasturi Chikago shahrida ham davom etdi. Bu yerda AQSHda 900 ta yuk mashinasiga ega va O‘zbekistonning bir necha hududlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan “UGL HOLDING” kompaniyasi rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuv natijasida Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida yangi ofislar ochish, Andijon shahridagi mavjud ofis faoliyatini kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ayni paytda “UGL HOLDING” Toshkent shahar, Buxoro, Andijon, Samarqand va Navoiy viloyatlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Nigora Rahmonova,

O‘zA