AQSH hukumati mahalliy vaqt bilan 31-iyul kuni Kobulda “al-Qoida” terrorchilar guruhi yetakchisi Ayman az-Zavohiriyni yo‘q qildi. Bu haqda dushanba kuni bo‘lib maxsus brifingda AQSH ma’muriyatining yuqori martabali vakili ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “31 iyul kuni mahalliy vaqt bilan 6.18 da Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Jo Bayden ko‘rsatmasi bilan Kobulda yuqori zamonaviy aniq nishonga oladigan qurollardan foydalanilgan holda aksilterror amaliyotini o‘tkazdi”.
Natijada “al-Qoida”ning amaldagi rahbari Zavohiriy o‘ldirildi”.
“Terror yetakchi 2001-yil 11-sentyabrda Nyu-Yorkka hujumlari paytida Usoma bin Ladenning o‘rinbosari bo‘lgan va 2011- yilda Ladenning o‘limidan keyin uning o‘rnini egallagan”.
“AQSH razvedkasi shu yil boshida Zavohiriy oilasi – rafiqasi, qizi va o‘g‘illari bilan Kobulga ko‘chib o‘tgani aniqladi. Keyin olingan ko‘plab razvedka ma’lumotlarini o‘rganib, solishtirib, tahlil qilib, Kobuldagi shaxs Zavohiriy ekanini aniqlandi”, deb izoh berdi amerikalik ma’mur.
Prezident Bayden AQSH harbiylarining Kobuldagi havo hujumi amaliyotini muvaffaqiyatli, deb baholagan.
“Zavohiriyning oila a’zolaridan hech kim jabrlanmagan, tinch aholi vakillaridan qurbonlar yo‘q. Operatsiya to‘liq muvaffaqiyatli o‘tganini tasdiqlayman”, deb bayonot berdi Amerika yetakchisi.