AQSH Kiyevga NATO tomonidan moliyalashtirilgan birinchi yordam jamlanmasini tasdiqladi
Donald Tramp ma’muriyati va Pentagon Kiyevga AQSHning NATO bo‘yicha ittifoqchilari tomonidan moliyalashtiriladigan ilk harbiy ko‘mak hujjatini ma’qulladi, deb yozdi “Reuters” agentligi manbalarga tayanib.
— Pentagon tomonidan “Ustuvor ehtiyoj ro‘yxati” nomli yangi tizim asosida jami 500 million dollarlik ikkita yordam to‘plami tasdiqlandi, — deyilgan nashr tarqatgan xabarda.
O‘tgan oy boshida Ukraina mudofaa vaziri Denis Shmigal AQSH va NATO Kiyevni “PURL” tashabbusi orqali qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim ishga tushirayotganini e’lon qilgandi. Bu dastur alyans davlatlari ixtiyoriy ravishda darhol qurol yetkazib berishni nazarda tutadi.
O‘z navbatida Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilishi muammoni yechishga to‘sqinlik qilishini ta’kidlab keladi. Moskva fikricha, NATO davlatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri nizoga qo‘shilib, olov bilan o‘ynashmoqda.
S.Rahimov, O‘zA