Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Kiyevga 800 million dollarlik yordamni bir oy ichida yetkazib beradi
12:52 / 2022-04-15

AQSH Ukrainaga ajratilgan qiymati 800 million dollarlik navbatdagi harbiy yordamni bir oy ichida yetkazib berishni mo‘ljallamoqda, deb bayonot berdi Pentagonning yuqori lavozimli vakili.

Uning ta’kidlashicha, xorijga harbiy yordamni jo‘natish odatda federal hukumat rasman tasdiqlagandan keyin 3-4 kun o‘tgach amalga oshiriladi.  

"800-millionlik yordamga kelsak, biz uni yetkazib bergunimizcha jami to‘rt hafta kerak bo‘ladi", – dedi Pentagon vakili brifingda.