Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya yadro quroli tarqatilishiga qarshi
12:10 / 2023-08-17

Qo‘shma Shtatlar, Koreya Respublikasi va Yaponiya bo‘lajak uch tomonlama sammitdan so‘ng yadro qurolini tarqatmaslikka qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakat faollashtirilishini e’lon qilishmoqchi. Bu haqda kun chiqar yurtning “Asahi” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tegishli pozitsiya uch tomonlama uchrashuv yakuni bo‘yicha qo‘shma hujjatda aks etadi. Hamkorlar xalqaro tartibni saqlash muhimligini ham ta’kidlashadi. “Kemp-Devid tamoyili”, deya nomlangan bayonotda tomonlar oliy darajada, shuningdek, tashqi siyosat va mudofaa vazirliklari rahbarlari ishtirokida muloqotni davom ettirishi rejasi belgilanadi. Hujjatda Rossiya – Ukraina ziddiyati masalasiga ham murojaat qilingan.

Oq uy ma’lumot berishicha, Jo Bayden, Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida va Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol 18 avgust kuni Amerika yetakchisining Vashington yaqinidagi, Kemp-Deviddagi qarorgohida yig‘iladi.

Uch davlat rahbarlarining so‘nggi bor 21 may kuni Xirosimada, “katta yettilik” sammiti doirasida yuzma-yuz uchrashgan.

O‘zA